Ariza qoldirish

Germaniya delegatsiyasi Mohir Usta Training markaziga tashrif buyurdi

📅 2026-yil 2-oktabr kuni Germaniyadan tashrif buyurgan delegatsiya Germaniya xalqaro hamkorlik korporatsiyasi "GIZ" tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ko‘nikmalarni rivojlantirish va Germaniya ish beruvchi kompaniyalarining ehtiyojlari” dasturi doirasida "Mohir Usta Training" markaziga tashrif buyurdi.

📌 Tashrif "GIZ" tomonidan amalga oshirilayotgan SFF “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tartibli, adolatli va rivojlanishga yo‘naltirilgan mehnat migratsiyasi hamda kasbiy ta’lim uchun migratsiyani qo‘llab-quvvatlash (FKM USB)” loyihasi doirasida tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida O‘zbekistonda malakali mutaxassislarni tayyorlash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va Germaniya mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

🏭 Tashrif davomida Germaniyaning yirik kompaniyalari, jumladan "Papenburg" va "DVS", "Askania Future" va boshqalar "Mohir Usta Training" markazining imkoniyatlari va professional tayyorgarlik yo‘nalishlariga katta qiziqish bildirdilar.

🛠 :"Mohir Usta Training" zamonaviy kasbiy ta’lim, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va xalqaro mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida "Dhaef Global Recruitment Xususiy Bandlik Agentligi" bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.