Bir hafta davomida Mohir Usta Training o‘quv markaziga Saudiya Arabistoni Podshohligidan Mohammad Abdullah Abunayyan

ACWA Power kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi va ish beruvchi kompaniyalar hamda yetakchi qurilish tashkilotlari vakillaridan iborat ko‘plab delegatsiyalar tashrif buyurdi.
Tashriflar davomida tomonlar malakali mutaxassislarni tayyorlash va ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Alohida e’tibor Saudiya Arabistoni ish beruvchilarining talablariga muvofiq kadrlarni tayyorlash hamda ularni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalarda, va jumladan Saudiya Arabistoni Podshohligidagi korxonalarda ish bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar xalqaro ish beruvchilarning Mohir Usta Training bilan xalqaro sifat standartlari va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash sohasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan yuqori qiziqishini yana bir bor tasdiqladi.
Sayt | Instagram | Telegram



