Ariza qoldirish

Yapon kompaniyalari vakillarining Mohir Usta Training markaziga tashrifi

Mohir Usta Training o‘quv markaziga yapon kompaniyalari va ish beruvchilari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan yangi qurilish loyihalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni kelgusida Yaponiyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar yapon ish beruvchilari talablari va xalqaro sifat standartlariga muvofiq, qurilish sohasida eng talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Jumladan, keng yo‘nalishdagi qurilish mutaxassislari, payvandchilar, qolip tizimlari montajchilari, armaturachilar hamda boshqa qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Sayt | Instagram | Telegram