MOHIR USTA TRAINING VA CTC WELD XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRMOQDA

📅 2026-yil 12-oktabr kuni Avstriyaning CTC Weld payvandlash bo‘yicha ta’lim maktabi vakillari O‘zbekistondagi Mohir Usta Training kasbiy ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida tomonlar O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) hamda Eksklyuziv vakillik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Mazkur hujjatlar kasbiy ta’lim va payvandlash mutaxassislarini tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🌍 CTC Weld — payvandchilarni tayyorlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan, Yevropada tanilgan ta’lim muassasasi. Tashkilot Vetnam, Yaponiya, Filippin, Shri-Lanka va boshqa mamlakatlarda ham o‘z faoliyatini olib boradi.
🤝 Ushbu hamkorlik xalqaro payvandlash ta’limi standartlarini joriy etish, ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda o‘zbekistonlik payvandchilarning malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga muvofiq oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🚀 Mohir Usta Training xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va jahon mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida faoliyatini davom ettirmoqda.


