Mohir Usta Training va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat kasbiy ta’lim, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlik uchun asos yaratadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: Zamonaviy kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Xalqaro sertifikatlash tizimlarini joriy etish. Seminar, trening va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish. Bandlik va inson kapitalini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish. Kasbiy ta’lim sohasida tajriba va xalqaro ilg‘or amaliyotlar almashinuvi. Mazkur hamkorlik mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va xorijda yangi bandlik imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
Sayt | Instagram | Telegram