Ariza qoldirish

Latviya Respublikasi delegatsiyasining tashrifi

Mohir Usta Training o‘quv markaziga Latviya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Jaunzems, transport masalalari bo‘yicha attashe Evija Dumpe hamda Haydovchilarni tayyorlash departamenti direktori Aleksandr Sokolov tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Yevropa standartlari asosida xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni tayyorlash, ularni sertifikatlash hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ish bilan ta’minlash istiqbollari muhokama qilindi.

Sayt | Instagram | Telegram