NLT yirik qurilish kompaniyasi vakillarining tashrifi

Tashrif doirasida NLT qurilish kompaniyasi vakillari Mohir Usta Training o‘quv markazining moddiy-texnik bazasi, zamonaviy o‘quv uskunalari, mutaxassislarni tayyorlash metodikalari, shuningdek, bilimlarni baholash tizimi va bitiruvchilarni xalqaro sertifikatlash jarayoni bilan tanishdilar.
Delegatsiyada amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvi, zamonaviy simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda ta’lim dasturlarining xalqaro ish beruvchilar talablariga mosligi alohida qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar NLT kompaniyasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash va saralash yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni boshladilar. Shuningdek, kompaniyaning amaldagi xodimlarini Mohir Usta Training bazasida kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Sayt | Instagram | Telegram

