Ariza qoldirish

Mohir Usta Training, Dhaef Global Recruitment va K Dot Partners kompaniyalari strategik hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar.

Memorandum Saudiya Arabistoni Podshohligi kompaniyalari uchun, ularning O‘zbekistondagi hamda Saudiya Arabistoni hududidagi faoliyati doirasida, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, kasbiy sertifikatlash, saralash va ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi xalqaro standartlar hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar bilan ish beruvchilarni ta’minlashdan iborat.

Sayt | Instagram | Telegram